06 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Salomatlik
16 Mart  2020 848

Tinchlik negizidagi atom koronavirus bilan kurashda ko‘mak beradi

Atomshunos olimlar yadro texnologiyalari asosida koronavirusni tashhislash uchun o‘ziga xos uslubni taklif etmoqda.

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro Agentligi (MAGATE) COVID-19 koronavirusini aniqlash uchun yadro texnologiyalari asosidagi zarur tashhislash jamlanmalari va uskunalarini taqdim etish hamda ushbu vazifa uchun mutaxassislarni o‘qitishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida e’lon qilingan matbuot relizida aytilgan. Ayni paytga qadar 14 ta davlat mazkur izlanish yuzasidan maslahat so‘rab murojaat qilishga ulgurdi.

Ushbu texnologiya inson va jonivorlarda atigi bir necha soat davomida koronavirus mavjudligini aniqlashga imkon yaratadi, deb xabar beradi   «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech