22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,6 °C

Mamlakatimizda
12 Sentyabr  2019 2570

Nozim Husanov Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlandi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Sergeli tumani hokimi Husanov Nozim Baxtiyorovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlangan va bu haqidagi qaror Oliy Majlis Senati a'zolari tomonidan tasdiqlangan.

Nozim Husanov uzoq yillar davomida malakali iqtisodchi sifatida bank sohasida samarali faoliyat yuritdi. Qator tijorat banklari va Markaziy bankda rahbarlik lavozimlarida  ishlagan.

Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda birinchi o‘rinbosari sifatida poytaxtimiz iqtisodiyoti o‘sishi va turli sohalar rivojiga munosib hissa qo‘shgan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech