17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Sanoat
24 Avgust  2019 553

Press-tur: Jurnalistlar «Olmaliq KMK» aksiyadorlik jamiyatida bo‘lishdi

«Olmaliq KMK» aksiyadorlik jamiyatiga press-tur tashkil etildi. Dastlab kombinat rahbariyati ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, jurnalistlarga jamiyat faoliyati haqida ma'lumot berildi.

Ma'lumki, “Olmaliq KMK” AJ mamlakatimizdagi eng yirik kon-metallurgiya kombinatlaridan biri hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2018-yilning avgust oyida “Olmaliq KMK” AJdagi davlat ulushi «SFI Management Group» kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berildi.

Mazkur ishonchli boshqaruv kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarishining mavjud holatini o‘rganish va faoliyat samaradorligini yanada oshirish maqsadida yetakchi xorijiy olimlar va ekspertlardan iborat xalqaro maslahat guruhi jalb etildi.

Natijada 2019-2022-yillarda “Olmaliq KMK” AJ asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur bilan birga strategik ahamiyatga ega muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 2022-yilgacha bo‘lgan davrda 2 mlrd. dollardan ortiq investitsiyalarni jalb etish ko‘zda tutilgan.

Davra suhbatidan so‘ng jurnalistlar muhtasham “Metallurg” MS, Rossiyaning MTTU “MISiS” filialida bo‘lib, ushbu muhtasham binolar, ularning zamonaviy va ilg‘or jihozlanishi bilan yaqindan tanishdilar.

«Qalmoqqir» koni kombinatning asosiy koni hisoblanadi. Ushbu kon mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari ichidagi eng yirik konchilik qazib oluvchi korxonalar safiga kirishi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi rangli metallurgiya sanoati uchun asosiy kon bazasi xisoblanadi. Kon XX asrning 20-yillari o‘rtalarida ochilgan, undan foydalansh esa 1954-yilda boshlangan. Qazib olingan ma'dan mis boyitish fabrikasida qayta ishlanadi.

OAV vakillari shuningdek, yirik investitsion loyihalar ijrosi doirasida ochilayotgan “Yoshlik” koni, valyuta tejamkorligida mahalliylashtirish dasturi ijrosini samarali amalga oshirib kelayotgan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi va o‘zining 60 yilligini kutib olayotgan Issiqlik energiya markazida bo‘lishdi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnatkashlarga yaratilgan qulay-sharoitlar bilan tanishdi. Zamonaviy texnologiyalarda mehnat qilayotgan yoshlar bilan suhbat qurishdi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech