15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Xalqaro munosabatlar
26 Iyul  2019 993

Abdulaziz Kamilov Hindistonning yangi elchisini qabul qildi

Bugun, 26-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Santosh Jani qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, Vazir do‘st Hindiston Elchisini yuqori va masuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi, deb xabar qiladi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining dolzarb kun tartibi muhokama qilindi. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil Hindistonga davlat tashrifi va joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan “Jo‘shqin Gujarat” sammitidagi ishtiroki ikki tomonlama hamkorlikning muhim voqyeasi bo‘lgani ta'kidlandi.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston-Hindiston hamkorlik institutlarining bo‘lajak majlislari va boshqa qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech