11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,8 °C

Kеyingi avlod
8 Fevral  2019 2501

Endi abiturient o‘z tumanidan chiqmasdan xahlagan oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin

2019-yildan boshlab barcha Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladiBu haqda Prezidentimizning tegishli Farmonida belgilangan.

Hozirda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bunga zaruriy choralar ham ko‘rilmoqda.

2018/2019-o‘quv yilidan boshlab abiturientlardan o‘qishga kirish bo‘yicha hujjatlarni 201 ta tuman va shaharlarda faoliyat olib brayotgan DXM orqali qabul qilish amaliyoti joriy etildi

Ushbu yangilik amaliyotda o‘zining quyidagi ijobiy jihatlarini ko‘rsatdi:

- hujjat topshirish jarayonida ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechildi;

- har bir abiturientga o‘zining tumani yoki shahri, shuningdek, o‘zi xohlagan hududdan hujjat topshirish imkoni yaratildi;

- ularning qimmatli vaqti tejaldi;

- abiturientlarning hududlardan ovora bo‘lib poytaxtga kelish oqimi keskin kamaydi — ularning ortiqcha sarf-harajatlarini oldini oldi;

- hujjat topshirish jarayoniga bir necha soat yoki kun emas balki 15-20 daqiqa kifoya qildi;

- abiturient hujjat topshirganidan so‘ng hujjatlarning asli uning o‘zida qoldi;

- universitet tomonidan faqat o‘qishga kirgan talabalarning hujjatigina ularning o‘zidan qabul qilinib, oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasi va arxivida ortiqcha hujjat aylanmasini keskin kamaytirdi.

Eslatib o‘tamiz oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish bo‘yicha davlat xizmatini tumanlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi abiturientlarga Toshkent shahridagi va respublikaning istalgan hududida joylashgan oliy ta'lim muassasasiga o‘zining tumanidan chiqmasdan turib hujjat topshirish, shuningdek, onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirish imkoniyatini yaratadi.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech