06 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

investitsiyalar
12 Fevral  2020 1641

Samarqandda yangi kimyo zavodi

Kiprning «Ferkenso Management Limited» kompaniyasi «Samarqandkimyo» OAJ bazasida yangi kimyoviy majmua yaratadi.

Bu boradagi muzokaralar 2019-yil may oyidan boshlangan. «Samarqandkimyo»ning davlat ulushini sotish tashabbusi esa o‘tgan yilning aprel oyida tasdiqlangan edi. O‘sha yilning yozida bitimning asosiy tafsilotlari mad’lum bo‘lgan va ular hozirda hukumat tomonidan ma’qullangan. Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, «Ferkenso Management Limited» loyihaga kamida 200 million dollar sarmoya kiritadi va «Samarqandkimyo»ning 100 foiz ulushini sotib oladi. Korxonani qayta ishga tushirish kamida 500 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Yangi kompleks taxminan 600 ming tonna o‘g‘itlar, xususan, 300 ming tonna monoammonium fosfat va shuncha miqdorda NPK mineral o‘g‘itlari ishlab chiqarishga yunaltirilishi kutilmoqda. Ushbu ob’ektni 2023-yil o‘rtalarida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan, deya xabar beradi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech