09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Raqamlashtirish
18 Fevral  2020 2018

«O‘zbektelekom»dan yangi xizmat turlari

Endilikda internet xizmatlariga ulanish uchun  onlayn trazda ariza berish mumkin.

 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tizimdagi korxonalar ish samaradorligi, aholiga qulay va sifatli xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi, odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkin.

Endilikda yurtimiz aholisi keng polosali aloqa xizmatlariga ulanish uchun «O‘zbektelekom» AKning sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislariga tashrif buyurmay onlayn tarzda ariza berishlari mumkin. Buning uchun murojaat qiluvchi bevosita «1084» qisqa raqami bo‘yicha Axborot markaziga qo‘ng‘iroq qilish, shuningdek Kompaniya rasmiy saytining «Onlayn dastur» bo‘limi orqali arizalar  qabul qilinadi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

O‘z o‘rnida «O‘zbektelekom» AKning hududiy bo‘linmalari Axborot markazidan arizalar qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kunidan kechiktirmasdan joylarga chiqqan holda xizmatga ulanishni tashkil etishga buyurtma beradilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech