18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Mamlakatimizda
22 May  2019 435

Notarial harakatni yakunlash va to‘lovlarni tekshirish uchun mijozga “SMS xabar” yuboriladi

Fuqarolar uchun yana bir yangilik!

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan notariuslar faoliyatida “SMS xabar” elektron tizimi joriy etilmoqda. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma'lum qilmoqda.

“SMS xabar” da 2 ta juda muhim ma'lumot bo‘ladi:

Birinchisi, xabarda notarial harakatlar uchun mijoz tomonidan amalga oshirilgan to‘lovning aniq miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ya'ni, notariat xodimi talabiga asosan yoki kassada mijoz tomonidan to‘langan pul miqdorini SMS xabarda ko‘rsatilgan qonuniy to‘lovlar miqdori bilan solishtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Ikkinchisi, notarial harakatni oxiriga yetkazish uchun SMS xabar orqali to‘rtta raqamli kod mijozning telefoniga yuboriladi. Notarius ushbu tasdiqlovchi kodni elektron tizimga kiritgandan so‘nggina notarial harakatni amalga oshirishni rasman yakunlashga ruxsat etiladi.

Bunda ushbu kod notarial harakatni amalga oshirish uchun kalit vazifasini bajaradi.

Uyali telefoni yo‘q shaxslar bu yangilikdan qanday foydalanadi?

Bugungi kunda uyali telefoni yo‘q kishilar jamiyatimizda juda ozchilikni tashkil qiladi. Agar bunday holat bo‘lsa, mijozning biror qarindoshi yoki tanishining telefoni orqali ushbu xabarni olishi va tasdiqlovchi kodni notariusga aytishi orqali notarial harakatni amalga oshirishi mumkin. Shunday shaxslar ham topilmagan holda, istisno tariqasida notariat idorasi xodimlari telefon raqamidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Respublikadagi barcha xodimlarning telefonlari oldindan bazaga kiritilgan bo‘ladi. Notariat idorasi xodimi telefon nomeridan foydalanilganda, elektron tizimga alohida belgi qo‘yiladi va adliya organlari tomonidan aynan bir xil telefon nomerlar qayta-qayta ishlatilgan holatlarda avtomatik tizim yordamida doimiy nazorat qilib boriladi.

“SMS xabar” elektron tizimidan kutilayotgan natija:

  1. Notarial idoralarda korrupsion holatlar bartaraf etilishiga sezilarli ta'sir qiladi.
  2. Notariuslar tomonidan ortiqcha pul undirish imkoniyatini keskin cheklaydi (chunki har bir mijoz qonuniy qancha pul to‘langanini bilib oladi).

Agar mijozdan ortiqcha to‘lov undirilganligi aniqlansa, shu zahoti Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish, bu haqda shikoyat qoldirish yoki notariusning o‘ziga tafovut sababi yuzasidan qat'iy va juda noqulay savolni berish mumkin bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech