21 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,5 °C

Mamlakatimizda
12 Aprel  2019 985

Nosoz chiqqan muzlatgichning puli qaytarildi

Hammamiz ham iste'molchimiz, ammo tan olish kerak aksariyatimiz iste'molchi sifatida huquqlarimizni yaxshi bilmaymiz. Buning natijasida xarid qilgan mahsulotlarimiz (xizmatlar) sifatsiz, talabimizdek chiqmaganini bilsakda, qaytarib oladimi, yo‘qmi, deb ko‘z yumib ketamiz. To‘g‘risini aytganda, ilgarilari bunday deyishga yetarlicha sabab ham bo‘lgan. Nimagaki, tegishli tashkilotlarga biror-bir shikoyat bilan murojaat qilsangiz sarsongarchiliklar ko‘p bo‘lardi. Murojaatingiz hal bo‘lsa bo‘ldi, bo‘lmasa qolib ketardi.

 

Bugungi kunda fuqarolarimizning murojaatlariga alohida e'tibor qaratilmoqda, muammolari tezda hal etilayotir. O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va hududiy jamiyatlar tomonidan iste'molchilarning huquqlari himoya qilinib kelinmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, “Hunarmand” mahallasi Urganch ko‘chasida yashovchi fuqaro T.Matyaqubov 2019-yil 31-mart kuni Xonqa tumanida faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkor O.Allashevga qarashli do‘kondan  3 720 000 so‘mga muzlatgich xarid qilgani va sotib olingan mahsulot sifatsiz chiqqanligi sababli murojaat qilgan.

Xonqa tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari vaziyatni sinqkovlik bilan o‘rganib chiqishdi. Natijada, Matyaqubov to‘liq haqligi ayon bo‘lgach, oilaviy tadbirkor O.Allashev bilan uchrashib, tegishli tushuntirishlar berilgach tadbirkor tomonidan fuqaroning mablag‘i qaytarildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech