29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Tashvishli xabar
9 Aprel  2020 492

Nogironga kuchi yetganlar

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani Mirpo‘lat qishlog‘ida yashovchi 47 yoshli  2 guruh nogironining uyiga ikki kishi bostirib kirgan.

Bu voqyea 2020-yil 7-apreldan 8-aprelga o‘tar kechasi soat 02:00 da sodir bo‘lgan. 33 va 26 yoshli shaxslar mast holda  nogironining yashash uyi yotoqxonasiga eshik oynasini sindirib kirgan. U yerda uyning egasi nogironni qo‘llari bilan bo‘yinidan bo‘g‘ib, zo‘rlik ishlatib qo‘rqitib, pullari va tilla-taqinchoqlarini berishni talab qilgan. Xullas, himoyasiz nogironning yonida bo‘lgan 100 000 so‘m pullarni talon-toroj qilib, hodisa joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan u ikki fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir ular gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar va o‘rnatilgan tartibda ushlanganlar. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech