19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +42,4 °C

Mamlakatimizda
19 Yanvar  2019 1416

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini ochishga ruxsat berildi

Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, endilikda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tashkil etiladi va ularga sud ekspertizalarining ayrim turlarini o‘tkazish huquqi beriladi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

 Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini davlat muassasalarida o‘taydi hamda ularga sud eksperti sertifikati beriladi.

Sertifikatga ega sud ekspertlarining Yagona reestri Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida yuritiladi.

Sertifikatsiz faoliyat yuritish taqiqlanadi.

Sud ekspertizasini tayinlagan organ nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan sud ekspertizasi xulosasiga qo‘shilmagan taqdirda, takroriy sud ekspertizasi faqat davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Qaror bilan adliya vaziriga X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha narxlarni mustaqil ravishda belgilash huquqi berildi.

Sud-ekspertiza tashkilotlari 2022-yil 1-yanvarga qadar chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, reaktivlar va sarflash materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi.

Ilmiy tadqiqotlar natijalarini sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish, sud ekspertizalarini o‘tkazish uslubiyotini takomillashtirish, davlat sud-ekspertiza muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech