25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Sport
11 Mart  2019 795

Nigora Abdullayeva AQShdagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

AQShning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Musobaqaning navbatdagi kun dasturida ishtirok etgan vakilamiz chempionlikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

 

Qizlar o‘rtasida -49 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nigora Abdullayeva dast ko‘tarishda 75 kg, siltab ko‘tarishda 90 kg va umumiy hisobda 165 kg natija qayd etdi. Ishtirok etgan sportchilar orasida hech qaysi biri yurtdoshimizning bu natijalarini yaxshilay olmadi va Nigora musobaqaning mutlaq chempioniga aylandi.

O‘smirlar o‘rtasida JCh. Las-Vegas, AQSh
Qizlar, -49 kg
1. Nigora Abdullaeva (O‘zbekiston) – 165 kg
2. Valentina Kambei (Ruminiya) – 159 kg
3. Kayya Braynt (AQSh) – 154 kg

Eslatib o‘tamiz, kecha yigitlar o‘rtasida -55 kg vazn toifasidagi bahslarda Og‘abek Nafasov 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech