07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,2 °C

Mamlakatimizda
8 Fevral  2020 885

Niderlandiyada o‘zbek madaniyati

Xabaringiz bor, «101 vatandosh izidan» loyihasi doirasida Navoiy viloyatidan rasmiy ekspeditsiya Germaniya, Niderlandiya, Polsha, Belarus va Rossiya bo‘ylab safarini boshlagan edi. Bu esa xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbek vatandoshni ham ruhlantrib yubordi.

Yillar davomida o‘zga zamin tuprog‘ida dafn etilgan Ikkinchi jahon o‘rushi qatnashchilarini shaxsini aniqlash va ularning ruhini shod etish imkoniyatini yanada kengaytirdi.
Shu munosabat bilan, bugun 8-fevral kuni Niderlandiyada istiqomat qilib o‘zbek madaniyati va qadriyatlarini targ‘ib etib kelaeyotgan vatandoshimiz — shoir, «101 vatandosh izidan» loyihasi hammuallifi Baxodir Uzoqov tomonidan Niderlandiyaning Gaaga shahrida Xotira oshi tashkil etiladi.
Marosimdan maqsad Niderlandiya jamoatchiligiga Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbek jangchilarining jasorati va matonati haqida ma’lumot berish, xalqlar o‘rtasida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlashdir. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, mazkur hayriya tadbiri har yili an’anaviy tarzda Niderlandiyaning turli burchaklarida tashkil etib kelinadi. Hayriya oshiga Niderlandiyada istiqomat qilayotgan o‘zbek diasporasi, Niderlandiya jamoatchiligi, hamda tinchlikni saqlash yo‘lidagi ishtirok etayotganlar taklif etilgan.
Eslatib o‘tamiz, «101 vatandosh izidan» loyihasini Navoiy viloyati hokimligi, «Yuksalish» umummilliy harakati va Adliya vazirligi qo‘llab-quvvatlamoqda, deya xabar beradi «Yuksalish» umummiliy harakati matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech