05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Sanoat
6 May  2020 519

Import yengillashtiriladi, QQS soddalashtiriladi

Import qilinadigan ayrim xomashyo va materiallar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona boji to‘lashdan ozod qilindi.

2020-yil 5-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5989-sonli  «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlang‘ich narxi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, mahalliy to‘qimachilik korxonalariga birja savdolarida 2020-yil 1-aprelga qadar milliy valyutada sotilgan paxta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytiriladi.

Farmon bilan import qilinadigan ayrim xomashyo va materiallar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona boji to‘lashdan ozod qilindi.

2020-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi.

O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022-il 1-yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023-yil 1-yanvardan – 0,1 AQSh dollari, 2025-yil 1-yanvardan – 0,2 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatlari tuzilmalarida belgilangan shtat birliklari doirasida to‘qimachilik sanoati masalalari bo‘yicha tuzilmalar tashkil etiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech