31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Energetika
7 Aprel  2020 1426

Neft va gaz tarmog‘i yangi rivojlanish bosqichida

Endi «O‘zbekneftgaz» AJning kapitallashuvi aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga amalga oshiriladi.

Xabaringiz bor, 2020-yil 4-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Neft va gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4664-sonli qarori qabul qilindi. Neft va gaz sohasini moliyalashtirish bilan bog‘liq katta o‘zgarishlar aynan mazkur qarorga asosanyuzaga keldi.

«O‘zbekneftegaz» AJ neft va gaz sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining qarzlari bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni kapitallashtiradi.

Ushbu loyihalarga sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish uchun GTL zavodining qurilishi, Surg‘il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi, Janubiy Kemachi konining ta’mirlanishi va o‘zlashtirilishi, Shimoliy Sho‘rtan konlarida bog‘liq gazlarni utilizatsiya qilish, qidiruv ishlari uchun yuqori texnologiyali uskunalar sotib olish va bir qator konlarni o‘zlashtirish kiradi.

Shuningdek, qarorga muvofiq, Energetika vazirligiga boshqa tegishli vazirliklar va tashkilotlar bilan birgalikda 2020-yil 1-sentyabrgacha gaz-transport tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish dasturining bosh rejasini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish, shuningdek, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislarini bunga jalb qilish vazifasi yuklatilgan.

Endi birja savdolariga asoslangan elektr energiyasi va tabiiy gazning ulgurji bozorini yaratish imkoniyati ham paydo bo‘ldi.

Hujjatda malakali xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni yollash, jumladan, chet eldagi vatandoshlarni, neft va gaz sanoati korxonalariga ishga qabul qilishni ham ko‘zda tutilgan.

2017-2021-yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni ko‘paytirish dasturini moliyalashtirishni davom ettirish maqsadida Ipak yo‘li jamg‘armasi (XXR) va xorijiy tijorat banklarining 250 million dollar miqdoridagi, shuningdek, eksport-kredit agentliklari hisobidan 400 million dollar miqdoridagi kredit mablag‘larini jalb qilish.

Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1 maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi. Ushbu mahsulotlarni neftni qayta ishlash zavodlari (BNQZ) tomonidan sotish ushbu sanadan boshlab faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi.

Hujjatda shuningdek, neft mahsulotlarini neftni qayta ishlash zavodlaridan birja savdolari orqali sotib olishda aksiz solig‘i to‘lash mexanizmi ham tushuntirilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech