02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,6 °C

Ijtimoiy hayot
25 Mart  2020 501

Neft mahsulotlari narxi arzonlashadi.

«O‘zbekneftgaz»AJ «UNG» milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida AI-92 markali benzin va yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan.

2020-yil 1 martdan boshlab ushbu AYoQShlardagi dizel yoqilg‘isining narxi pasaytirilgan edi. Ertaga, 26-mart kunidan e’tiboran esa, AI-92 markali benzinning narxi 6 200 so‘mdan 6 000 so‘mga kamaytirildi.

Iste’molchilarga ishonch bilan aytish mumkinki, boshqa markadagi benzin mahsulotlari va dizel yoqilg‘isining narxlari ham bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.

«O‘zbekneftgaz» avvalo, iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan benzinning narxini pasaytirib boradi.

Narxlar masalasida shuni ta’kidlash kerakki, «O‘zbekneftgaz» yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotiladigan dizel yoqilg‘isi narxidan 9%, AI-92 markali benzin narxidan esa 16,6 %ga arzondir.

Eslatib o‘tamiz, AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin. Bundan tashqari mahsulot va xizmat sifati borasidagi fikrlaringizni ham yozib qoldirishingiz mumkin, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech