09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33 °C

Energetika
5 Fevral  2020 1474

Neft-gaz sohasida O‘zbekiston – Britaniya aloqalari rivojlanmoqda

Joriy yilning 4-fevral kuni Energetika vaziri Alisher Sultonov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Axill bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Britaniya kompaniyalari va tashkilotlari ishtirokida neft-gaz sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi muhokama etildi.

Jumladan, tomonlar «British Petroleum» (Buyuk Britaniya) va «SOCAR» (Ozarbayjon) kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya bloklarida (Orolbo‘yi, Samsk-Kosbulaksk va Boyterak) geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganmoqdalar.

Mazkur hamkorlik doirasida 2018-yilning may oyida o‘zaro anglashuv memorandumi, shuningdek, 2019-yilning may oyida Ustyurt hududidagi uchta investitsiya blokidagi qidiruv salohiyatini baholash bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish to‘g‘risida bitim imzolangan edi. O‘tgan vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ, «British Petroleum» va «SOCAR» kompaniyalari bilan bir qancha kelishuvlarga erishilgan.

2020-yil fevral oyida «British Petroleum»  va «SOCAR» mutaxassislari mamlakatimizga tashrif buyurib, kelishuvning asosiy shartlarini — «Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risida kelishuv»ni muhokama etishlari kutilmoqda. 

Buyuk Britaniya diplomatik vakolatxonasi vakillari  investorlarining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladilar.

Tomonlar shuningdek, o‘zaro hamkorlikning kelgusi yo‘nalishlarini muhokama qildilar, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech