10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33 °C

Tashvishli xabar
3 Mart  2020 1548

«Nopok» neft bazalari

Hududlar neft bazalaridagi neft maxsulotlarini realizatsiya qilishdagi qoidabuzarliklar 24 milliard so‘mlik zarar keltirdi.

Birgina Qoraqalpog‘istondagi «Taxiatosh neft bazasi» MChJ va uning filiallarida umumiy qiymati 9,7 milliard so‘mga teng 1 267 tonna neft maxsulotlari kamomadi va maxsulot sifatining buzilishi aniqlangan.

«Qarshi neft bazasi» MChJ da 11,5 milliard so‘m qiymatidagi 4 333 tonna neft va yoqilg‘i moylash maxsulotlarining sifat darajasining talabga javob bermasligi, kamomadi va asossiz hisobdan chiqarilishi aniqlangan.

«Paxta neft bazasi» MChJda esa neft maxsulotlarining sifati talabga javob bermasligi savdo va kommunal xizmat ko‘rsatish, shuningdek maxsulot tanqisligi bilan bog‘liq  2,7 milliard so‘mga teng 143 tonna kamomad aniqlangan.  

Huquq-tartibot organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilayapti, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech