26 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8 °C

Xavfsizlik
17 Iyul  2020 941

Navoiyda daryodan jasad topildi

2020-yil 15-iyulda Karmana tumani “Kattamachit” mahallasida joylashgan Navoiy IESga qarashli suv oʻtqazish toʻgʻoni oldida joylashgan suv oʻtqazish joyining oqib oʻtuvchi “Zarafshon” daryosi ichidan taxminan yoshi 40-45 lardagi, erkak jinsidagi nomaʼlum shaxs murdasi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu nomaʼlum shaxsning murdasi 1975-yilda tugʻilgan Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Dabusiya” mahallasida yashovchi shaxsga tegishli ekanligi aniqlandi.

2020-yil 12-iyulda kechki payt Karmana tumani “Koʻhna-qoʻrgʻon” mahallasi “Ustashirin” koʻchasida yashovchi fuqaro qayni ukasi hamda qizi bilan birgalikda oldindan jinoiy til biriktirib, jabrlanuvchi bilan oʻrtalarida kelib chiqqan oʻzaro kelishmovchilik natijasida uning tanasining turli qismlariga yogʻoch boʻlagi bilan urib, tan jarohati yetkazishadi. Ulardan biri jabrlanuvchining boʻyin qismidan oyogʻi bilan bosib, uni xushsiz holatga keltirgan.

Kechasi soat 01:00 larda jabrlanuvchining oʻlganligini bilganlaridan keyin, uning jasadini eshak aravaga ortishib, “Koʻhna-qoʻrgʻon” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi “Zarafshon” daryosiga oqizib yuborishadi.

“Mazkur jinoyat ochildi. Aybdorlar qonunda belgilangan tartibda albatta jazosini oladi”, — deya fikr bildirdi holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik I.Tillayev.

IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech