05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Sanoat
14 May  2020 867

Navoiyda avtomobil zavodi

Navoiy Erkin iqtisodiy zonasida Xitoy avtomobillari yigʻiladi.

Navoiy viloyatidagi erkin iqtisodiy zonasida yaqin kunlarda “Navoiy – motors” Oʻzbekiston-Eron qoʻshma korxonasi barpo etiladi, deb xabar beradi UzA.

Umumiy qiymati 12 million dollarga teng boʻlgan ushbu loyiha doirasida Xitoyning “Oshan” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarini endilikda Navoiyda ham yigʻish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.

Yiliga 30 ming dona avtoulov ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada dastlab, ichki bozor uchun zamonaviy yoʻl tanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillar yigʻishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Shuningdek, korxonada 200 nafardan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Zavodning ishga tushirilishi joriy yil yakuniga qadar rejalashtirilgan. Ayni paytda mazkur korxonada qurilish ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech