22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Harbiy
22 Oktyabr  2019 540

NATO delegatsiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) mutaxassislarining “ShAShT haqida umumiy ma'lumot” mavzusidagi o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi, deb xabar qiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Delegatsiya rahbari Patrik Jensson hamda NATO vakillari Kartsen Klemm, Rebekka Xansen, Endryu Karter O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida tahsil olayotgan mas'ul ofitserlar bilan fikr almashuvlar chog‘ida Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotining tarixi, maqsad-vazifalari, jahon miqyosida erishgan muhim natijalari, siyosiy pozitsiyasi hamda istiqboldagi sa'y-harakat platformasi ko‘lami xususida ma'lumotlar berishdi.

Shuningdek, bugungi geosiyosiy vaziyatlarning qiyosiy tahlillari, dunyoning turli mintaqalarida kechayotgan qurolli to‘qnashuvlar, ularning kelib chiqish sabablari va bu borada NATOning olib borayotgan tinchlikparvarlik siyosati xususida so‘z yuritildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech