30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Dolzarb
20 Mart  2020 800

Butun dunyoda koronavirus kasalligi haqida tarqalayotgan maʼlumotlar qanchalik asosli?

«Biz Xitoy davlatida vaziyat murakkablashgan kundan buyon axborot almashish tizimini yoʻlga qoʻyganmiz. Ushbu maʼlumotlarni AQSHdagi Jon Xopkins universitetidan olamiz. Ushbu maʼlumotlar har kuni ikki marotaba Oʻzbekistonga keladi va shu orqali dunyodagi ushbu kasallik bilan bogʻliq vaziyatdan boxabar boʻlib turamiz va shunga monand choralarni koʻramiz.

Xususan, 2020-yilning 20-martada soat 09:00 holatiga koʻra, dunyoning 160dan ortiq davlatida ushbu kasallik aniqlangan va butun dunyoda ushbu kasallikka chalinganlar soni 244 mingga yetdi.

Kasallik avj olishi boʻyicha Italiya karvonboshilik qilmoqda. U yerda bir kunning oʻzida 5300 dan koʻproq bemorlar aniqlangan. Undan keyin Germaniya, Ispaniya, Angliya davlatlari turibdi. Butun dunyo boʻyicha bir kunda 25 mingdan ziyod fuqaro ushbu kasallikka chalinmoqda», — Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech