19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +42,4 °C

Dolzarb
22 Fevral  2019 1906

Tadqiqotchilar tarixdagi ochiq joyni to‘ldirishga imkon beruvchi dinozavr qoldiqlarini topishdi

BBCning xabar berishicha, olimlar Yuta shtati Emeri okrugida tirannozavrning o‘tmishdagi ajdodini topishgan. Uni Lindsi Zanno rahbarligidagi paleontologlar guruhi topgan.

 

Xabarda aytilishicha, yirtqichning bo‘yi chamasi bir metr, vazni esa 80 kg bo‘lgan. Shuningdek, dinozavrning o‘lim paytidagi yoshi 7 yosh bo‘lgan.

Olimlar ushbu topilma toshga aylangan hayvon qoldiqlari tarixidagi qariyb 70 million yillik ochiq joyni to‘ldirishga imkon beradi, deb umid qilmoqda.

Uncha katta bo‘lmagan tirannozavrlarning qanday qilib o‘zlaridan ancha yirik organizmlarga aylanish jarayonini tushinishni bir fakt qiyinlashtirgandi, ya’ni oraliq davrga tegishli toshga aylangan hayvon qoldiqlari Shimoliy Amerikada umuman yo‘q edi. Masalan, ilgari uncha katta bo‘lmagan tirannozavrlar tugab borayotgan era davriga tegishli  (taxminan 150 million yil burun) qatlamlarda topilgan. Undan keyin esa taxminan 81 million yil burun yashagan bahaybat jon egalarining qoldiqlari topilgan. Biroq, olimlar bir savolga javob topisha olmasdi: ushbu 70 million yil oralig‘ida nima yuz berdi va mayda organizmlarning o‘lchamlari qanday qilib oshdi?

– Bu dinozavr o‘zidan ancha kuchli yirtqichlardan o‘zini chetga olib, o‘ljasini osongina ushlay olardi, – deb ta’kidlaydi Zanno.

Lindsi Zanno fikricha, mitti tirannozavrlarning bo‘yi cho‘zilib o‘sishi uchun ularga kamida 15 million yil kerak bo‘lgan.

Tirannozavrlar 15 million yil mobaynida, taxminan 66 million yil burun asteroid Yukatan yarimoroliga yorib kirguncha eng xavfli hayvonlar bo‘lgan. Ularning ba’zi zotlarining bo‘yi 3,5 metrdan ortiqiroq bo‘lgan.

                                                                                                Getty surati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech