22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Biznes
21 Iyul  2020 1348

Aholi va tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar beriladi

2020-yil 20-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6029-sonli “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subyektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-iyuldan 2020-yil 31-dekabrga qadar:

- umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod etiladi;

- jismoniy shaxslar koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;

- mol-mulkini (binolar va avtomobil transporti) ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga soliq maqsadida ijara toʻlovlarining eng kam stavkalarini qoʻllash tartibi toʻxtatib turiladi;

- ijaraga beruvchilarga 2020-yil uchun ijara toʻlovi miqdorini pasaytirish maqsadida, shu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara toʻlovini qayta koʻrib chiqish tavsiya etiladi.

2020-yil 1-apreldan 2020-yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilinadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, Prezidentning 2020-yil 19-martdagi PF–5969-son Farmonida belgilangan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdorini 5 foizdan 3 foizga pasaytirishga doir imtiyoz muddati 2020-yil 31-dekabrga qadar uzaytiriladi.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogol mahsulotlarini yetkazib berish orqali sotish huquqi beriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech