17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,6 °C

Olimlar dеydiki...
16 Oktyabr  2019 410

NASAning sobiq olimi: Marsda hayot izlari 43 yil oldin topilgan

NASA sobiq olimi Gilbert Levin «Scientific American» ilmiy-ommabop jurnalida Marsda hayot izlari 1976-yildayoq topilgani keltirilgan maqolasini e'lon qildi.

Uning maqolada keltirishicha, 1970-yilda Marsni o‘rganish uchun NASA «Viking» dasturini ishga tushirgan. U orbital va tushiriluvchi stansiyadan iborat ikkita bir xil kosmik kemani — «Viking 1» va «Viking 2»ni o‘z ichiga olgandi. To‘rtta qurilma Mars yuzasiga bir-biridan 6,4 ming kilometr masofaga qo‘ngan va tuproq namunalarini olishga muvaffaq bo‘lgan. Ularda esa xuddi yerdagi kabi «mikrobli nafas olish» aniqlangan.

Keyin molekulyar tahlil o‘tkazildi, ammo tuproqda organik moddalar topilmadi. Shundan so‘ng, NASAda qurilmalar hayotni imitatsiya qiluvchi moddani topgani haqidagi xulosaga kelingan.

Levin NASAning «Viking»lar yordamida tuproq namunalarini tahlil qilish bo‘yicha yetakchi olimi edi. U ba'zi o‘zgarishlar bilan tajribani yana takrorlash va keyin mutaxassislar guruhi bilan olinajak natijalarni o‘rganishni taklif etgan.

«Marsda hayot mavjud emasligi borasida qanday dalillar bor? Ajablanarli haqiqat, hyech qanday dalillar yo‘q. Bundan tashqari, laboratoriya tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, yerdagi ba'zi mikroorganizmlar Marsda omon qolishi va o‘sishi mumkin», deya keltiradi u maqolasida.

Ma'lumotga qo‘shimcha sifatida shuni keltirish mumkinki, 2019-yil yozida, NASAning  «Curiosity» missiyasi olimlari marsdayurar Qizil sayyora havosida «hayratlanarli darajada yuqori» bo‘lgan metan miqdorini aniqlaganini xabar qilishgandi. yerda bu gazni odatda tirik mavjudotlarni ishlab chiqaradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech