14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Bilasizmi?
14 Avgust  2019 462

NASAda sayyoralararo parvozlar uchun yadroviy reaktor yaratiladi

NASA muhandislari kelajakda Oy va hatto, Marsda koloniyalarga asos solishga yordam beradigan ixcham va ishonchli yuqori samarali yadroviy reaktor bilan bog‘liq Kilopower loyihasi haqida gapirib berishdi.

Kilopower nomi bilan ma'lum eksperimental mitti yadroviy reaktor yerdan tashqarida parvozdagi avantpost (ilgariroqqa qo‘yilgan soqchi post)larni quvvatlantirishga mo‘ljallangan. 2022-yilda u kosmosdagi sinovga tayyor bo‘lishi mumkin. Bu Nyu-Meksiko shahrida joylashgan Energetika vazirligining Los-Alamos milliy laboratoriyasidagi loyiha rahbari tomonidan e'lon qilindi.

Yaqinda efirga uzatilgan telekonferensiyada loyiha rahbari Patrik MakKlyur uni «uch yil ichida parvozga tayyor bo‘ladi», deb aytdi. Bunday reaktorlarning bittasi 10 kilovattgacha elektr energiyasini ishlab chiqarishi mumkin va bu bir necha uyni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun yetarli bo‘ladi. NASAdagilarning ilgarilab ketib aytishlaricha, Kilopower ning 4-energiya bloki kamida 10 yil davomida muntazam parvozdagi avanpost uchun energiya manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin ekan.

2018-yilning yanvar oyida tizim bir qator sinovlardan o‘tganida, NASAning energiya saqlash sohasidagi bosh texnologi Li Meyson agentlikka «ekstremal sharoitlarda ishlashga qodir quvvat manbai» kerakligini aytgan. Kilopower hatto, Marsning noqulay hududlariga ham yo‘l ochadi, masalan, muz konlari shaklidagi potensial suv zaxiralari uchrashi mumkin bo‘lgan Shimoliy kengliklariga. Ushbu reaktor Oyga joylashtirilishi mumkin, natijada inson turli jinslardan namunalar olish, kelajakda esa haqiqiy Oy shaxtalarini qurish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Albatta, bunday ko‘lamdagi loyihalar o‘nlab turli sabablarga ko‘ra, kechiktirilishi mumkin (Jeyms Uebb nomli teleskop bunga yorqin misol), shu bois reaktorning rosmana ishga tushirilishi 2020-yilning o‘rtalarida sodir bo‘lishi kutilmoqda. Biroq bu NASAning joriy rejasiga mos keladi (eslatib o‘tamiz, u 2030-yilgacha oldindan rejalashtirib bo‘lingan). Xullas, bunda eng katta muammo — Mars va Oyda ishlab chiqarish bazasini yaratish uchun barqaror va ishonchli energiya manbaini yaratish, u esa tez orada hal qilinishi mumkin, deb xabar https://www.popmech.ru/technologies/news-498972-nasa-pokazalo-novye-skafandry/ beradi «Populyarnaya mexanika» nashri.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech