18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,9 °C

Dolzarb
15 Fevral  2019 1456

NASA 800 urinishdan so‘ng marsdayurarning signalini qidirishni to‘xtatdi

Aeronavtika va kosmik fazo tadqiqotlari milliy boshqarmasi «Opportunity» marsdayurarining vazifasi to‘xtatilganini elon qildi.

Rasmiy saytda xabar qilinishicha, «Opportunity» 2004-yilning 25-yanvaridan boshlab Mars sayyorasida bo‘lgan. Roverning asosiy vazifasi sayyora o‘tmishida suv mavjud bo‘lganini ko‘rsatuvchi tog‘ jinslari, tuproq va uning tarkibidagi materiallarni qidirib topish va tasvirlashdan iborat edi. 2018-yilda marsdayurar kuchli chang-to‘zon bo‘roniga yo‘liqdi. Shundan so‘ng u bilan bog‘lanishga 800 marta urinib ko‘rilgan, biroq bu hech qanday natija bermagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech