22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Bilasizmi?
18 Mart  2019 1193

NASA kosmik zondi Yupiterning janubiy qutbidagi kuchli bo‘ronlarni suratga oldi

NASA aerokosmik agentligi Yupiter sayyorasi orbitasidan olingan va kuchli bo‘ron aks etgan g‘aroyib fotosuratlarni e’lon qildi.

 

Gazli gigantda bo‘ron suratda moyli bo‘yoqlar bilan chizilgan jimjimador, chiroyli naqshlarni ham eslatib yuboradi. NASAdagilarning aniqlik kiritishicha, suratlar olinganda sayyoraning Janubiy yarim sharida bo‘ron turgan.

E'lon qilingan kadrlar «Yunona» zondigan o‘rnatilgan «JunoCam» teleskopidan olingan. U 2016-yildan beri Yupiter yuzasidagi o‘zgarishlarni qayd etadi va sayyora atmosferasini o‘rganadi.

Biroq hali-hanuz olimlar Yupiter inson qo‘nishi mumkin bo‘lgan qattiqroq sirtga egami-yo‘qmi javob topishgani yo‘q.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech