
Bilasizmi?
11
Fevral 2019
1884
Qumga chizsangiz jarima to‘laysiz yoki qamalasiz
Ispaniyada qumga chizgan va toshlar bilan selfi qilganlar jarimaga tortilishi yoki qamalishi belgilab qo‘yildi.
Xorijiy nashrlardan birida Grand-Kanariya oroliga sayyohlar tez-tez qadam ranjida qilib turishi keltiriladi. Ular tabiiyki, qumga yoki toshga chizib, o‘zi haqida qandaydir esdalik qoldirishga intiladilar.
«The Sun» nashrida keltirilishicha, 400 gektar maydonni egallagan qum barxanlari orol ekotizimining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi. Bu yerda turli graffitlar, doira-yu boshqa «san’at asarlari»ni uchratish mumkin.
Nashr e’lon qilgan maqolada keltirilishicha, bunday ishlar noqonuniydir. Uni buzganlar esa tom ma’noda 600 yevro jarimaga tortilishi yoki qamoq muddati olishi mumkin.
thesun surati.