23 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Mamlakatimizda
10 Aprel  2019 396

Namangandagi sayyor qabulda 161 murojaat joyida hal etildi

Aholi bilan bevosita va ochiq muloqot qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tomonidan joylarda vazirlik va idoralar, sektorlar rahbarlarining sayyor qabullari yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, Namangan viloyatida ham sektor rahbarlari, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida viloyatning barcha tumanlaridan kelgan fuqarolar tomonidan uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyati, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi va boshqa masalalarga oid 311 ta  murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarning 161 tasi joyida ijobiy hal etildi. 10 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 140 tasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganilib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborildi va ijrosi ta'minlanadigan bo‘ldi.

Jumladan, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 6 ta imtiyozli davolanish uchun order, 4 ta nogironlik aravachasi, 5 ta sihatgohlarga yo‘llanma va yana eshitish moslamasi, ortopedik vositalar berildi.

Bundan tashqari, davlat xizmatlari markazi tomonidan 166 ta, jumladan 45 nafar fuqaroga STIR berildi. Vazirlar Mahkamasining 461-sonli qarori bo‘yicha 96 ta, maktabgacha ta'lim muassasasiga navbatga qo‘yish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilib, 25 ta ariza qabul qilindi.

Bu kabi qabullar fuqarolarning adolat izlab idorama-idora yurishi yoki poytaxtga ovora bo‘lib kelib-ketishining oldini olib, muammoni joyida hal qilish imkonini bermoqda. Eng muhimi, Respublika darajasidagi rahbarlarning xalq huzuriga borayotgani quyi tizimlardan hal bo‘lmayotgan masalalarning hal qilinishiga yordam bermoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech