26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,4 °C

Mamlakatimizda
7 Iyun  2019 569

Namangandagi maktablarga 46 nomdagi 202 000 dona badiiy adabiyotlar yetkazildi

Prezidentimiz tomonidan kelajagimiz egalarining kamolini ko‘zlab kitob va kitobxonlik ravnaqiga har qachongidan yuksak e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida “Namanganni eng kitobxon viloyatga aylantiramiz”, degan ezgu da'vati asosida kitobxonlik borasidagi ma'naviy-ma'rifiy tashabbuslarga katta e'tibor qaratilmoqda.

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ham bu boradagi xayrli tashabbuslar alohida ahamiyat kasb etdi. Xususan, Prezidentimiz da'vatining amaliy ifodasi sifatida Namangan viloyatiga 1 million kitob sovg‘a qilindi. Dastlabki 46 nomdagi 202 000 dona badiiy adabiyotlar viloyatdagi umumiy o‘rta ta'lim maktablariga yetkazildi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Namangan shahridagi 52-sonli umumta'lim maktabi hamda 58-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasida ham yoshlarning ma'naviy kamoloti va istiqboliga e'tibor ifodasi sifatida kitobxonlik tadbirlari tashkil etildi. Kitob bayramida ishtirok etgan viloyat hokimi o‘rinbosari o‘g‘il-qizlarni Prezidentimiz tashabbusi bilan taqdim etilayotgan ma'naviyat javohirlaridan asrab-avaylab foydalanib, ilm-u tafakkur cho‘qqilarini egallashga chorladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech