21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,3 °C

Xavfsizlik
10 Sentyabr  2019 387

Namanganda bir ona yangi tug‘ilgan farzandi bilan birga yana bir chaqaloqning umriga zomin bo‘ldi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, Namangan viloyatida yosh ona nuqsonli tug‘ilgan farzandidan qutilish maqsadida unga qo‘shib yana bir chaqaloqni ikkinchi qavatdan pastga tashlab yuborgan.

9-sentyabr kuni soat taxminan 4:30 larda Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksiga qarashli binoning orqa xovlisidan fuqaro D.X. (1996 y.t.) va M.T.(1997 y.t.) larning 02.09.2019-yilda tug‘ilgan qiz chaqaloqlari tirik holda topilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, biroq, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloqlar vafot etgan.

Aniqlanishicha, 9-sentyabr kuni soat taxminan 3:30 larda fuqaro D.X. 02.09.2019-yilda tug‘ilgan farzandini oldiga kirib, uni oyoqlari notekis (nuqsonli) tug‘ilganligidan achchiqlanib, undan qutilish maqsadida o‘z chaqalog‘i bilan birgalikda, kelgusida sodir etayotgan qilmishi fosh bo‘lib qolishini oldini-olish maqsadida shu xonada yotgan M.T.ning qiz chaqalog‘ini ham olib, deraza oynasi orqali ularni tug‘ruq kompleksining 2-qavatidan pastga uloqtirib yuborgan. Oqibatda chaqaloqlar og‘ir tan jarohatlari olishgan.

Mazkur holat yuzasidan 9-sentyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-kismi “a,v” bandlari hamda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq kompleksi mas'ul shaxslariga nisbatan 116-moddasi 4-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.X. protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech