26 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8 °C

Transport
1 Iyul  2020 607

Namangan shahrining vokzali yangi koʻrinishda

Namangan vokzali yangidan barpo etilib, shahar yoʻlovchilar uchun zamonaviy sharoitga ega bosh darvozasiga aylandi.

Ushbu vokzal binosi 1972-yilda qurilgan boʻlib, 2002-yilda qayta rekonstruksiya qilingan edi. “Oʻzbekiston temiryoʻllari”aksiyadorlikjamiyatitomonidanqaytataʼmirlashishlarigakirishildi.

Vokzalda 24 milliard soʻmlik bunyodkorlik ishlari bajarildi. Jumladan, oʻtgan vaqt davomida umumiy yer maydoni 18 343 kub metr boʻlgan vokzalda uzunligi 400 metrlik 2 ta perron qurildi.

Vokzaldagi kutish zallari, bufet, tibbiyot punkti, ona va bola xonasi, elektron maʼlumotlar markazi,kutubxona, sovgʻalar, gazeta-jurnallar shoxobchasi, yuklarni vaqtinchalik saqlash xizmati kabi barcha boʻlimlar zamonaviy andozalarda tashkil etildi. Kutish zali koʻrgazma va televizion axborot vositalari bilan jihozlangan.

Vokzal hududida 5 qavatli Namangan majmuasi qayta taʼmirlanib, uning 1-qavatida temir yoʻl kassalari, 2-qavatida temir yoʻl vokzali maʼmuriyati hamda 2-,3-, 4-qavatlarda joylashgan mehmonxonani yaqin kunlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Unda 24 ta xona boʻlib, zamon talablariga toʻliq javob beradigan tarzda jihozlanyapti.

NatijadaNamangantemir yoʻl vokzali zamonaviy qiyofa kasb etib,bir vaqtning oʻzida 250 nafar, kuniga 2,5 ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻldi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ayni paytda 100 kilometrlik“Namangan – Andijon” yoʻnalishidagi amalga oshirilayotgan elektrlashtirish ishlarining qariyib 70 foizidan ortigʻi bajarib boʻlindi.

Yaqin vaqt davomida ushbu yoʻnalishlar orqali vodiy hududida ham toʻliq elektropoyezdlar harakatlanishiga erishiladi.

Vokzal hududida joylashgan chiptaxona“Ekspress-3”avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi uskunalari bilan jihozlangan. U kechayu kunduz 2 ming nafar yoʻlovchiga chiptalarni sotish va rasmiylashtirishga moʻljallangan. Namangan temir yoʻl vokzalini ishga tushishi orqali oʻttizga yaqin yangi ish oʻrni yaratilishiga erishiladi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech