12 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,3 °C

Energetika
14 Fevral  2020 3690

O‘zbekistonda IES qurilishi boshlanadi

«ACWA Power» (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasi qurish investitsiya dasturi doirasida O‘zbekistondagi amaliy ishlarning birinchi bosqichini amalga oshirishga kirishdi.

Jumladan, kompaniya qurilishni boshlashga kirishishdan avval tuproqni o‘rganish ishlarini boshlandi. Yangi issiqlik elektr stansiyasi Sirdaryo IES yaqinida barpo etiladi va zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bilan (BGQ) jihozlanishi tufayli uning samaradorligi amaldagidan 1,7 barobar yuqori bo‘ladi.
Loyihaga ko‘ra, yangi IESda umumiy quvvati 1250-1500 MVtga teng bo‘ladi. Sirdaryo IES energobloklaridan deyarli ikki barobar samarali bo‘lgan H/J toifasiga mansub ikkita bug‘-gaz qurilmasi o‘rnatiladi. Bu shuni anglatadiki, yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar ko‘p elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Sarmoyador samaradorligi 60 foizdan yuqori bo‘gan, yiliga 10,0 milliard kVt/s elektr energiya ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lgan qurilmalarning eng oxirgi modellaridan foydalanadi.
Yangi issiqlik elektr stansiyasining qurilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy investitsiyalar hisobidan to‘liq amalga oshiriladi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uzoq muddatli shartnoma asosida sotiladi.
Qayd etish kerak, mazkur investitsiya loyihasi muhokamasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonovning joriy yilning 7 fevralida Saudiya Arabistoni Energetika vaziri o‘rinbosari Abid bin Abdulla as-Sa'dun boshchiligidagi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilingan edi. Delegatsiya tarkibidan «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan va kompaniyaning boshqa mutasaddi vakillari joy olgan edi, deya xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

https://telegra.ph/SAUDIYA-ARABISTONI-KOMPANIYASI-%D0%8EZBEKISTONDA-IEHS-%D2%9AURILISHINING-BIRINCHI-BOS%D2%9AICHINI-BOSHLADI-02-14

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech