08 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Turizm
18 Iyun  2020 2032

Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida

Buxoro koʻchalarida sayyohlar uchun yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatildi.

Yurtimizda karantin talablarining yumshatilishi, ichki turizmni bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyilishi, respublikamizning bir nechta viloyatlari oʻrtasida transport qatnovlarni qayta tiklanishi tufayli mahalliy mehmonlar tashrifi yana ortib bormoqda.

Shu boisdan, sayohat davomida mehmonlar erkin harakatlanishlari uchun Buxoro shahri boʻylab asosiy turizm obyektlariga olib boruvchi yoʻllarda “Turizm sohasida navigatsiya tizimining axborot belgilari” davlat standarti umumiy talablariga asosan yagona shakldagi turistik axborot koʻrsatkichlarini oʻrnatilyapti.

Jumladan, Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti masʼul xodimlari tomonidan “Arabon” turizm koʻchasida va “Joʻrabek” karvon saroyi atrofida bir qancha yangi va zamonaviy standartlar asosidagi yoʻl koʻrsatgichlari oʻrnatilgan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech