20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13 °C

Voqea-hodisalar
28 Avgust  2019 2655

Puerto-Rikoga «Dorian» shtormi yaqinlashmoqda

Orolga yaqinlashganda shtormning to‘fonga aylanishi taxmin qilinmoqda.

Mahalliy aholi 2017-yildagi «Mariya» to‘foni keltirgan halokatli oqibatlarni juda yaxshi eslaydi. O‘shanda 3000 kishi halok bo‘lgandi.

Bunday fojiali oqibatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun aholi muayyan choralar ko‘rmoqda: avtoulovlarni yonilg‘i bilan to‘ldirib, barcha kerakli narsalarni, shu jumladan, generatorlarni ham sotib olishmoqda.

Ob-havo sohasi mutaxassislarining ma'lumotiga ko‘ra, hafta oxiriga kelib, tabiiy ofat Bagama orollari va Florida shtatiga yetib kelishi mumkin.

Puerto-Riko va unga qo‘shni Dominikan Respublikasida favqulodda holat e'lon qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech