29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,4 °C

Energetika
30 Yanvar  2020 2153

«Yangi angren» issiqlik elektr stansiyasida energoblok o‘chirildi

Bugun 30-yanvar kuni soat 11-40 da «Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasida nosozlik yuzaga kelishi natijasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 4-sonli energoblok 170 megavatt quvvat bilan to‘xtatildi. Shu vaqtda qozon agregatining tom qismida yong‘in yuzaga kelib stansiyaning tezkor hodimlari tomonidan birlamchi o‘t o‘chirish vositalari qo‘llanildi va  o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilindi. Soat 14-00 da yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanganlar mavjud emas.

Energoblok ta’mirga chiqarildi va nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Mazkur holatni o‘rganish yuzasidan maxsus komissiya tashkil qilindi.

Ayni paytda mazkur stansiyaning 3 ta energoblogi jami  580 MVt quvvat bilan ishlamoqda.

Shu munosabat bilan, iste’molchilarga shuni ma’lum qilamizki, Respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida ma’lum vaqt oralig‘ida uzilishlar kuzatilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlanib, elektr energiyasi ta'minoti yaxshilanishi ta’minlanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iste’molchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun  uzr so‘raymiz, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech