05 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Xavfsizlik
2 Iyul  2020 306

Myersedesga yetib oldi

Buxoro viloyati Peshku tumani hududidan oʻtuvchi A-380 yoʻlining Xorazm-Buxoro yoʻnalishining 395-kilometrida fojia bilan yakun topgan YTH sodir etildi.

1-iyul ertalab Buxoro viloyat Peshku tumani hududidan oʻtuvchi A-380 yoʻlining Xorazm-Buxoro yoʻnalishi boʻylab ketayotgan “Cobalt” rusumli avtomashina ushbu yoʻlning 395-kilometrida oʻzi bilan bir yoʻnalishda, oldinda harakatlanib borayotgan “Mercedes-Benz 1841 LS” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilgan.

Natijada “Cobalt” avtomashinasining 21 yoshli haydovchisi va 22 yoshli hamda 50 yoshli yoʻlovchilar hodisa joyda vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Peshku tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda jinoyat ishi boʻyicha Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilyapti, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech