24 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Ijtimoiy hayot
18 Dekabr  2019 1154

Muzey xodimasi ishdan asossiz ravishda bo‘shatilganligi aniiqlandi

Fuqaro N.A. fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning ishga tiklashni rad etish haqidagi qarorlaridan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat yo‘llagan. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qiladi.

Aniqlanishicha, N.A. O‘zbekiston Davlat san'at muzeyi direktorining 21.08.2017-yildagi 51-sonli buyrug‘i bilan mazkur muzeyning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga ishga qabul qilinib, 29.12.2017-yildagi K-84-sonli buyrug‘iga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 04.01.2018-yildan Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan shtatlar soni qisqarganligi munosabati bilan bekor qilingan.

N.A.ning ishga tiklash haqidagi da'vosi FIB Mirobod tumanlararo sudida ko‘rilib, ushbu sudning 31.05.2018-yildagi hal qiluv qarori va Toshkent shahar sudi kassatsiya instansiyasining 07.12.2018-yildagi ajrimi bilan N.A.ning da'vo talablari rad etilgan.

Mazkur sud qarorlari Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'atining 27.05.2019-yildagi ajrimi bilan o‘zgarishsiz qoldirilgan.

N.A.ning murojaati Bosh prokuraturada ko‘rib chiqilib, ushbu holatda N.A. ishdan asossiz ravishda bo‘shatilganligi aniqlandi.

Xususan, mehnat shartnomasi bekor qilingan vaqtda N.A. Madaniyat vazirining buyrug‘iga ko‘ra xizmat safarida bo‘lganligi va homilador bo‘lganligi hamda boshqa holatlar inobatga olinmasdan Mehnat kodeksining 102 (xodimni ogohlantirish), 137 (homilador ayol bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni cheklash) va boshqa moddalari talablari buzilgan.

Shunga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan yuqoridagi sud qarorlariga nisbatan 11.09.2019-yilda Oliy Rayosatiga protest kiritildi.

Oliy sud sudlov hay'ati tomonidan ish yangidan ko‘rib chiqilib, 04.11.2019-yilda N.A.ning da'vo talablari qanoatlantirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech