28 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,6 °C

Turizm
19 Iyun  2020 892

Muqaddas qadamjolarimiz Malayziyaliklar uchun aziz maskan

Malayziyalik sayyohlar Umra ziyoratini Samarqand va Buxoro orqali amalga oshirishadi.

“Parlamentarizmni rivojlantirish: Oʻzbekiston va Malayziya tajribasi” mavzusida videokonferensaloqa formatida parlament forumi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov va Malayziya parlamenti Vakillar palatasi Spikeri oʻrinbosari Mohd Rashid bin Hasan ishtirok etdi.

Mohd Hasan soʻzlariga koʻra, dunyoga mashhur va islom ziyoratgohlari sifatida tan olinadigan Samarqandu Buxoro malayziyalik turistlar uchun jozibali joylarga, xususan, Oʻzbekiston orqali Umra ziyoratini amalga oshirish maskanlariga aylanishi mumkin.

Videokonferensiyada oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy-maʼrifiy, siyosiy munosabatlarni oʻrnatishda doʻstlik guruhi roli alohida taʼkidlandi. Mintaqada savdo aloqalari, turizm sohasi, raqamli iqtisodiyotni ravnaq toptirish, shuningdek, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, ikki davlat ishbilarmon doiralarining “B2B” shaklidagi uchrashuvlarini tashkil etish shular jumlasidandir.

Binobarin, tadbir davomida ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan natijalar qatorida parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini qoʻllab-quvvatlash, foydali savdo-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-gumanitar rishtalarni yoʻlga qoʻyish hamda mustahkamlash haqida fikr almashildi.

Onlayn-forum mobaynida har ikki tomon ham BMT, Parlamentlararo ittifoq, Islom hamkorlik tashkiloti singari xalqaro tashkilotlar doirasida ikki mamlakat tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida yakdil fikr bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech