25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Madaniyat
19 Yanvar  2019 1395

Multfilm: “Matizjonning sarguzashtlari”

Kichkintoylar uchun sarguzashtlarga boy yangi multfilm yaratildi.

Mazkur 3D multfilm «Avto sarguzashtlar» deb nomlanib, har bir qismi 3-4 daqiqadan iborat bo‘ladi. Unda asosiy qahramonlar barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan milliy avtomobillarimiz bo‘lib, multfilm voqyealari markazida kichkintoy Matiz. Quvnoq avtomobillar istiqomat qiladigan zamonaviy shahar yaratilishida zamonaviylik va milliylik uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, tomoshabinlar hammamizga tanish bo‘lgan binolar, masjidlar, muzeylar, mehmonxonalar va hattoki, qurilish ishlari jadal davom etayotgan yangi Tashken City majmuasini ham ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Multfilm qahramonlari qiyofasini illyustrator, rassom va multfilmning sahnalashtiruvchi rassomi Zilola Hamidova yaratgan. Ovozlashtirish jarayonida ham el suygan dublyaj ustalari qatnashgan bo‘lib, multfilmning bosh qahramoni Matizga mahoratli aktrisa Sanobar Sodiqova ovoz bergan. Undan tashqari, Sanjar Sa’dullaev, Oybarchin Bakirova, Mahmud Ismoilov, Laziza Aslzoda, serqirra aktyor Akbarxo‘ja Rasulovlar ham ovozlashtirish jarayonida bor mahoratlarini namoyish etganlar.

Multfilm «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Astir Animation Studio» korxonasi tomonidan ishlangan. Sahnalashtiruvchi rejissyor Abdulatif Haydarov boshchiligida yaratilgan «Avto sarguzashtlar» nomli 3D animatson filmlar turkuminiiinnng ssenariysi Ismoil Shomurodov tomonidan yozilgan. Har biri 3-4 daqiqani tashkil etadigan 6ta qismdan iborat multfilmni yaratish uchun 11 oy vaqt sarflangan. Uning yaratilishida 15-20 nafarga yaqin mutaxassislar ijod qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech