24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,3 °C

Harbiy
5 Mart  2019 1529

Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchi ayollari o‘rtasida spartakiada o‘tkazildi

Mudofaa vazirligi sport klubida vazirlik qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi ayollar o‘rtasida spartakiada bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Sportning 7 turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda jami 15 ta jamoa, 200 nafarga yaqin sportsevar harbiy xizmatchi ayol ishtirok etdi.

Umumjamoa hisobida Qurolli Kuchlar akademiyasi vakillari birinchi, Mudofaa vazirligi markaziy apparati va Markaziy aloqa tuguni jamoasi ikkinchi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti nomidan qatnashgan ayollar uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘oliblarga tashkiliy qo‘mita tomonidan faxriy yorliq, medallar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech