30 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,6 °C

Xavfsizlik
4 Aprel  2020 1081

Mudhish YTH, qurbonlar bor

Qashqadaryoda qo‘rqinchli yo‘l-transport hodisasi sodir etildi.

2020-yil 4-aprel soat 00:50 da Muborak tumani Sariq qishlog‘idan o‘tuvchi 4P-96 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida 28 yoshli haydovchi, «Spark» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Zil-130» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Yuk avtomashinasini 24 yoshli haydovchi boshqarib kelayotgan.

Natijada «Spark» avtomashinasi yonib ketib, haydovchi va yo‘lovchilar hodisa joyda vafot etganlar. Yo‘lovchilardan biri 27 yoshli, ikkinchisi esa 26 yoshli edi.

Mazkur holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech