07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,5 °C

Energetika
1 Aprel  2020 1007

Mo‘ynoqda yana tabiiy gaz qudug‘i ishga tushdi

«O‘zbekneftgaz» AJning Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Sharqiy  Berdaq» konidagi bir qancha quduqlarda kapital ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, 39-sonli quduqda ham kapital tamirlash ishlari olib borildi. «O‘zneftgazquduqta'mirlash» AJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan kapital ta'mirlashdan so‘ng, quduq ishga tushirildi.

Ushbu quduqda 1842-1845metr, 2005-2007metr, 2048-2053metr intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 100-120 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: «Sharqiy Berdaq» gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2002-yilda ishga tushirilgan, deb xabar beradi «O‘zbekneftgaz»AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech