17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,5 °C

Sport
25 Fevral  2019 1372

MOQdan navbatdagi yirik loyiha: Jahon sporti afsonasi Yelena Isinbaeva «Nafosat-2019» mehmoni bo‘ladi

O‘zbek sporti tarixida ilk marotaba xalqaro ayollar kuniga bag‘ishlangan katta sport bayrami – «Nafosat-2019» ayollar spartakiadasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqa Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida, ayollar orasida sport va jismoniy tarbiyani ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etiladi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

 

Ayni paytda Respublikamiz bo‘ylab musobaqaning saralash bahslari davom etmoqda. Bellashuvlar sportning gandbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi va velosport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Rejaga ko‘ra, 1-2 mart kunlari poytaxtimizda final bahslari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishadi. “Nafosat-2019” spartakiadasining taqdirlash va tantanali yopilish marosimi esa 3 mart kuni «O‘zbekiston» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Tantanali yopilish marosimi yuqori saviyada tashkil qilinishi kutilmoqda. Tadbirga yengil atletikaning langarcho‘p bilan sakrash yo‘nalishida ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni (2004, 2008), uch karra jahon chempioni, yopiq inshootlardagi jahon chempionatining to‘rt karra g‘olibasi, Yevropa chempioni, 28 marotaba jahon rekordini o‘rnatgan afsonaviy Yelena Isinbaeva tashrif buyuradi. Shu kuni muxlislar o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturiga ham guvoh bo‘lishlari mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech