18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,9 °C

Moliya
18 Sentyabr  2019 706

25 so‘mlik va undan kichik pul va tangalar muomaladan chiqariladi

25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalari va banknotlarini muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (18.09.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

 

Mazkur Nizomga ko‘ra, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik, 1, 5, 10, 25 so‘mlik qiymatidagi tangalar, shuningdek, 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik eski namunadagi banknotlar (qog‘oz pullar) 2020-yil 1-martdan boshlab qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi.

Ushbu tanga va banknotlar hyech qanday monelik, cheklovlarsiz, to‘lov yoki vositachilik haqi undirilmagan holda:

- 2020-yil 1-martga qadar Hisob-kitob kassa markazlari, tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan;

- 2020-yil 1-martdan 2021-yil 1-yanvarga qadar esa faqat Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan almashtirib beriladi.

Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi tanga va banknotlarning ayirboshlash muddati 2021-yil 1-yanvargacha etib belgilandi.

Bunda hisob-kitoblar mijozlar va aholining talabiga asosan:

- bank plastik kartasi hisobvaraqlariga kirim qilinish orqali (to‘liq qiymatda);

- muomaladagi tanga va banknotlarga ayirboshlab berish orqali;

- mijozlarning tegishli hisobvaraqlariga, fuqarolarning arizasiga asosan omonatga kirim qilish orqali;

- kommunal va boshqa bir martalik to‘lovlar uchun qabul qilish orqali amalga oshiriladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech