02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,2 °C

Urbanizatsiya
22 Yanvar  2020 892

Moliyalashtirilishi to‘xtatilgan ilmiy loyihalarga ajratilgan mablag‘lar qaerga yo‘naltiriladi?

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ayni kunlarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringi amalga oshirilmoqda.

Tasarrufida ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarga, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarining ijrochi tashkilotlariga bajarilayotgan ilmiy loyihalar bo‘yicha tayyorlangan oraliq va yakuniy hisobotlarni 2019-yilning 10-dekabriga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish topshirilgan edi. Bugunda bajarilayotgan va o‘rganilishi belgilangan 1300 tadan ortiq barcha turdagi loyiha ijrochilari mavjud bo‘lib, ulardan 100 tadan ortiq ijrochi-tashkilotlar loyiha hisobotlarini topshirmadi.

Topshirilgan hisobotlar tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashlar tomonidan ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazildi.

Shunga asosan, ekspertiza natijalari bo‘yicha loyihalarning hisobot davrida tasdiqlangan kalendar rejaga muvofiq bajarilishi bo‘yicha xulosa ishlab chiqish, loyihalarning ijrochilariga mukofot puli va loyihaga ajratiladigan byudjet mablag‘ining qolgan 5 foizini ajratishning maqsadga muvofiqligi (muvofiq emasligi) asoslab berildi.

Loyihalarning ijrochilariga mukofot puli va loyihaga ajratiladigan byudjet mablag‘ining qolgan 5 foizini ajratishning maqsadga muvofiqligi (muvofiq emasligi) bo‘yicha xulosa ishlab chiqishda “Ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga rioya etildi.

Bundan tashqari, Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan 2019’- yilning iyul-avgust oylarida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarning bajarilishi joyiga chiqqan holda qilingan monitoring natijalari bo‘yicha ham tegishli xulosalar berilgan.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar va ekspertiza natijalariga ko‘ra, 2020-yilda 59 ta ilmiy-tadqiqot loyihasining moliyalashtirilishi to‘xtatiladi. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida 2020-yilda 1200 ta loyihani moliyalashtirilish davom ettiriladi.

Ijrochi tashkilotlarga vazirlik tomonidan moliyalashtirilishi to‘xtatilgan loyihadan bo‘shagan mablag‘ni tashkilotda bajarilayotgan boshqa ilmiy loyiha(lar)ga yo‘naltirish yuzasidan asoslangan taklif kiritishini yoki bo‘shagan mablag‘ doirasida yangi istiqbolli amaliy loyihani ishlab chiqib, 2020-yilning 5-yanvariga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etilishi so‘ralgan.

Ijrochi tashkilotlar tomonidan 35 ta moliyalashtirilishi to‘xtatilgan loyihaning moliyaviy mablag‘ini boshqa loyihaga yo‘naltirish, bo‘shagan mablag‘ doirasida 16 ta yangi loyihani moliyalashtirish bo‘yicha taklif kelib tushdi. 8 ta loyiha bo‘yicha hyech qanday taklif berilmadi. 1 ta loyiha qayta ko‘rib chiqish uchun mustaqil ekspertlarga berildi va moliyalashtirishni davom ettirishga tavsiya qilindi.

2020-yilning 13-¬21-yanvar kunlari esa vazirlik huzuridagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan 16 ta Ilmiy-texnik kengash tomonidan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihalar natijaviyligiga doir masalalarni o‘rganish uchun hisobot-taqdimotlari o‘tkazilmoqda.

Vazirlik Hay’ati qaroriga binoan hisobotda ilmiy loyihaning ilmiy rahbari shaxsan o‘zi hisobot berishi shart, ilmiy rahbari uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan vaqtda buyruq bilan belgilangan mas’ul ijrochi yoki ish bajarilayotgan tashkilot rahbari hisobot beradi. Yillik hisobot natijalari bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashlarning xulosa va tavsiyalari asosida ilmiy loyihaga nisbatan vazirlik Hay'ati tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, deya keltiriladi Innovatsion rivojlanish vazirligi telegram sahifasida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech