21 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,5 °C

Moliya
10 Yanvar  2019 1462

Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

G‘olib Ablakulovich Xoljigitov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining direktori – O‘zbeksiton Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari lavomizimiga tayinlandi.

G‘olib Xoljigitov 1979-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, moliyachi, iqtisodchi. 2001-yilda Shimoliy Arizona universiteti (AQSh), 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 2012-yilda Garvard universitetlarini (AQSh) tamomlagan.

Moliya vazirligida ish faoliyatini 2001-yilda boshlagan. 2004-2011-yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvchi va Markaz direktori bo‘lgan. 2016-2018-yillarda “UBS Global Wealth Management” korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boshqarish masalasida avtomatlashtirish va robotlashtirish xizmatlarni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri (AQSh) sifatida faoliyat olib borgan.

G‘olib Xoljigitov 2018-yildan hozirgi kunga qadar “Bank of America Merril Lynch” korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari bo‘yicha loyihalar menejeri (AQSh) lavozimida ishlagan.

Moliya vazirligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech