19 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,2 °C

Kеyingi avlod
21 Yanvar  2019 899

Xalq ta’limi tizimida yangi loyiha

Xalq ta’limi vazirligi hamda YuNeSKO tashkiloti mamlakatimiz maktablarida bullingni oldini olish qo‘shma loyihasi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.

 

Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchisi Pilar Alvarez-Lasoni qabul qildi. Uchrashuvda maktab o‘quvchilari orasida bullingni oldini olishga qaratilgan qo‘shma loyihani ishga tushirish masalalari muhokama etildi, deb xabar http://uzedu.uz/Xtv/IndexBatafsil/71?ID1=1491 bermoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

“Bulling” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “ta’qib va zo‘ravonlik” ma’nosini bildiradi. Bu tushuncha bolalarni qasddan va doimiy ravishda ta’qib qilishni anglatadi. Bullingning psixologik, jismoniy, ochiq yoki ko‘rinmas shakllari mavjud. Ko‘p hollarda bolalar maktabdagi nizolarni kattalardan berkitadi. Bunga bir necha omil, ya’ni o‘g‘il-qizlarning tahqirlanishi, qo‘rqitilishi, ayrim ishlarni amalga oshirishga majburlanganliklari, qolaversa, tahdid qilinishi sabab bo‘lishi mumkin.

Mazkur loyiha 2019-2020-yillarda amalga oshirilishi rejaga kiritildi. Loyiha doirasida maktab o‘qituvchilari va psixologlari uchun bulling sabablarini aniqlash va ularni oldini olish uchun takliflar ishlab chiqishga qaratilgan amaliy va nazariy tadbirlar, trening va seminarlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, boshqa xalqaro tashkilot va donorlar ishtirokida inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda xalq ta’limi tizimining kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama etildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech