23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Bilasizmi?
30 Aprel  2019 975

Misr hukmdorlariga oid yangi xulosa

«Kanadaning Kvebek universiteti misrshunoslari Tutanxamon taxtga o‘tirgunga qadar Misrni uning ikki opasi boshqargan, degan xulosaga kelishdi», deya keltiriladi Phys.org nashri matbuot relizida.

Tadqiqotchilar 1922-yilda topilgan va Tutanxamongacha Misrda hukmdorlik qilgan malikaga tegishli bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan sag‘anadagi ramzlarni tahlil qilishdi. Ramzlarni diqqat bilan o‘rganish va tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, bu ilgari barcha hisoblaganidek, Nefertiti emas, balki uning fir'avn Exnaton bilan nikohidan tug‘ilgan qizlari – Meritaton va Nefernefruaton-tasheritlar bo‘lishi mumkin ekan. Opa-singillar mamlakatni bitta nom bilan idora qilgan bo‘lishlari ham ehtimoldan yiroq emas.

Mutaxassislarning aytishicha, Exnaton vafot etgach, ular hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishgan. Opa-singillar davlatni 17 yil boshqargach, eramizdan avvalgi 1334-1336-yillarda vafot etishgan. Bu paytda Tutanxamon 4-5 yoshlarda bo‘lib mamlakatni boshqara olmasdi.

Exnatonning esa uning birinchi xotini, Nefertitidan olti qizi bo‘lgan - Meritaton, Maketaton, Anxesenpaaton, Nefernefruaton-tasherit, Nefernefrura va Setepenralar. Ilgari ayrim misrshunoslar Nefertiti o‘ziga taxt vorisi tug‘ib berolmagach, fir'avn o‘zining bir-necha qizi bilan ham nikohlangan bo‘lishi mumkin, degan farazni ilgari surishgandi. Biroq boshqa mutaxassislar ushbu nuqtai nazarni g‘oyat bahsli, deb hisoblashadi.

Fir'avn Tutanxamon taxminan eramizdan avvalgi 1332-1323-yillarda Qadimgi Misrda hukmronlik qilgan. U taxtga o‘tirganida 10 yoshda bo‘lgan va 19 yoshida vafot etgan, qabri esa 1922-yilda topilgan. Sag‘ana ichidagi tosh tobutdan fir'avnning mumiyolangan jasadi va juda ko‘plab zeb-ziynatlar topilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech